Tramp dunyo mamlakatlarini "Twitter" va "Facebook"ni boykot qilishga chaqirdi

Tramp dunyo mamlakatlarini "Twitter" va "Facebook"ni boykot qilishga chaqirdi

AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp ko‘proq mamlakatlarni so‘z erkinligini cheklagani uchun "Twitter" va "Facebook"ni boykot qilishga chaqirdi.

Oq uy sobiq rahbari 9 iyun kuni bayonot bilan chiqib, unda Nigeriyani "Twitter"ni cheklab qo‘ygani uchun tabrikladi va ko‘proq mamlakatlar shunday yo‘l tutish kerak degan fikrni bildirdi.

"Nima yaxshi va nima yomonligini aytib turadigan kim bo‘libdi, ular?", deydi Tramp.

U prezidentlik davrida mazkur ijtimoiy tarmoqlarni baykot qilishni istagan, ammo Mark Sukerberg ("Facebook" rahbari)ning qayta-qayta murojaatlari tufayli bunday yo‘l tutmagan ekan.

Tramp o‘z bayonotida prezidentlikning ikkinchi muddatiga ham ishora qilgan. Ayshda davlatdagi prezidentlik saylovlari 2024 yilda bo‘lib o‘tadi.

Joriy yilning 6 iyun kuni Tramp Mark Sukerbergni so‘z erkinligi to‘g‘risidagi qonunlarni buzganlikda aybladi va uning ijtimoiy tarmoqdagi akkauntining muzlatilishini tanqid qildi. Trampning "Facebook"dagi akkaunti uning tarafdorlarining Kapitoliyga uyushtirgan hujumidan keyin ikki yilga muzlatib qo‘yilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!