Toshkentda qozoq yigiti 21 yashar qizni o‘g‘irlab ketdi

Toshkentda qozoq yigiti 21 yashar qizni o‘g‘irlab ketdi

Toshkent viloyati. 2021 yilning 12 mart kuni soat 07:55 larda qozoq millatiga mansub bo‘lgan fuqaro 27 yoshli M.Qulmaxon Quyichirchiq tumani Do‘stlik-1 mahallasi hududida bo‘la turib, avvaldan telefon orqali gaplashib yurgan tanishi 21 yoshli U.Malikani erkiga xilof ravishda nikohdan o‘tish uchun o‘g‘rilab, o‘zining yashash xonadoniga olib borib, u bilan nikohdan o‘tishga majburlagan, lekin Malika U., qarshilik ko‘rsatib qochib ketib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishlarini so‘rab IIBga ariza bilan murojaat qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Quyichirchiq tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan M.Qulmaxonga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 136-moddasi 1-qismi (Ayolni erga tegishga majbur qilish yoki uning erga tegishiga to‘sqinlik qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.    

Ta’kidlash joizki, bu turdagi jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksining normalariga ko‘ra bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravarigacha miqdorda jarima yoki 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!