Toshkentda 3 nafar tovlamachi "Spark" haydovchisini pichoqladi

Toshkentda 3 nafar tovlamachi "Spark" haydovchisini pichoqladi

Toshkent viloyatining Toshkent tumanida 2019 yil 15 iyun kuni shu tumanda yashovchilar I.Q., A.SH. va Toshkent shahar Olmazor tumanida yashovchi J.M.lar Toshkent shahrining Chilonzor tumani hududidan D.R. boshqaruvidagi “Spark” rusumidagi avtomashinasiga yo‘lovchi sifatida o‘tirib, Toshkent tumani Chinor ko‘chasiga yetib kelgan vaqtlarida J.M. haydovchidan pul talab qilib, uning yuziga qo‘li bilan urib, pichoq bilan bo‘yin va ko‘krak qismlariga jarohat yetkazgan. 

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasining yozishicha, so‘ng 2 dona “Samsung” mobil telefoni hamda 10 Rossiya rublini olib, avtomashinani Toshkent tumani E’zoz mahallasi Yangiobod ko‘chasida joylashgan “Chinni” ishlab chiqarish sexi oldigacha boshqarib kelib haydovchi D.R.ni avtomashinada qoldirib, o‘zlari esa, voqea joyidan yashiringanlar. Natijada D.R. kasalxonaga yotqizilgan. Ko‘rilgan choralar natijasida J.M., A.SH. va I.Q. ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!