Toshkentda 250 mln so‘m va 20 ming dollarga «uxlatgan» shaxs ushlandi

Toshkentda 250 mln so‘m va 20 ming dollarga «uxlatgan» shaxs ushlandi

19 avgust kuni Toshkent shahrining Chilonzor tumani IIBga tushgan hujjatlarga ko‘ra, 2014 yil yanvar oyida fuqaro F.K. “Royson” zavodi oldida Sergeli tumanida yashovchi U.A. ismli ayolga arzon narxda yengil avtomashinalar olib berishini aytgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, unda aldov yo‘li bilan ishonchiga kirib, 250 mln so‘m puli va 20 000 AQSh dollarini olib bergan va’dasini bajarmay, pullarni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligi ko‘rsatilgan. 

Ko‘rilgan choralar natijasida F.K. ushlangan.

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!