Toshkentda 10 yashar bola halok bo‘ldi. Toshkent shahar IIBB rasmiy ma’lumot berdi

Toshkentda 10 yashar bola halok bo‘ldi. Toshkent shahar IIBB rasmiy ma’lumot berdi

Toshkent shahar IIBB internetda e’lon qilingan Shayxontohur tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi haqidagi xabarlar bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi.

28 iyun kuni taxminan soat 20.50 da Zulfiyaxonim ko‘chasida ("Rayhon" kafesi qarshisida) «Spark» rusumli avtomobil haydovchisi 53 yoshli T.I. yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tmoqchi bo‘lgan piyoda 10 yoshli F.N.ni urib yuborgan (piyodalar yo‘lakchasi hodisa joyidan yuz metr uzoqlikda edi).

YTH natijasida piyoda tan shikastlari bilan tibbiy muassasaga yetkazildi, ammo shifokorlarning urinishlariga qaramasdan, hayotdan ko‘z yumdi. Marhumning yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etamiz.

Ushbu fakt bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266 moddasi ikkinchi qismi («Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!