Toshkent va Andijon shaharlarida firibgarlar ushlandi

Toshkent va Andijon shaharlarida firibgarlar ushlandi

DXX xodimlarining Bosh prokuratura huzuridagi Departament vakillari bilan hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbiri davomida O‘zbekiston davlat konservatoriyasi qoshidagi Iqtidorli bolalar akademik liseyi katta o‘qituvchisi “A.A.” o‘zganing ishonchiga kirib, firibgarlik yo‘li bilan undan 5000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida aniqlanishicha, “A.A.” ushbu pul evaziga muqaddam mazkur liseyda o‘qigan fuqaroni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali O‘zbekiston davlat konservatoriyasiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan.

Shuningdek, Andijon viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida esa Andijon shahrida yashovchi "B.M." Jalaquduq tumanida istiqomat qiluvchi, muqaddam ta’lim sohasida ishlagan fuqarodan 1500 AQSh dollarini olgan vaqtida ushlandi.

Aniqlanishicha, u Andijon davlat universitetida ishlovchi tanishi orqali Xo‘jaobod tumanida pedagog xodimlar uchun imtiyozli kredit asosida berilishi mo‘ljallangan 2 sotixlik namunaviy uylardan olishga ko‘maklashishni va’da qilib, jabrlanuvchidan 3000 AQSh dollari talab qilgan va kelishilgan summaning yarmini avvaldan olmoqchi bo‘lgan.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat Kodeksining 168- va 28,211-moddalariga asosan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari doirasida ushbu ishlarga aloqador boshqa shaxslarni aniqlash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!