«Toshkent» avtovokzali qachon foydalanishga topshirilishi ma’lum bo‘ldi

«Toshkent» avtovokzali qachon foydalanishga topshirilishi ma’lum bo‘ldi

20 sentyabr kuni Toshkentda “Markaziy Osiyo Xalqaro transport yo‘laklari tizimida: strategik istiqbollar va amalga oshirilmagan imkoniyatlar” mavzusidagi Xalqaro anjuman bo‘lib o‘tadi.

Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi avtomobil transportida tashuvlarni tartibga soluvchi 9 ta xalqaro konvensiya va 2 ta xalqaro bitimning a’zosi hisoblanadi. Yevropa, Osiyo va MDHning 29 ta davlati bilan avtomobilda xalqaro tashuvlar sohasini tartibga soluvchi ikkitomonlama hukumatlararo bitimlar imzolangan. Bular - Turkiya, Ukraina, Eron, Belarus, Gruziya, Moldova, Turkmaniston, Latviya, Ruminiya, Qirg‘iziston, Slovakiya, Litva, Finlyandiya, Bolgariya, Gresiya, Chexiya, Rossiya, Italiya, Germaniya, Avstriya, Shveysariya, Vengriya, Gollandiya, Polsha, Sloveniya, Qozog‘iston, Xitoy, Ispaniya va Tojikistondir.

Bundan tashqari, Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo-davlatlar Hukumatlari o‘rtasida xalqaro avtomobil tashuvlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish to‘g‘risidagi hamda Eron Islom Respublikasi, Ummon Sultonligi, Qatar, Turkmaniston va O‘zbekiston Hukumatlari o‘rtasida xalqaro transport va tranzit yo‘lagini yaratish to‘g‘risidagi ko‘ptomonlama Bitimlar ham imzolangan.

Hozirgi kunda o‘z faoliyatlarini talab darajasida shakllantira olgan 529 ga yaqin milliy transport kompaniyalari avtomobilda xalqaro yuk tashuvlarini amalga oshirib, respublikaning eksport mahsulotlarini jahon bozoriga yetkazib berishda o‘z hissalarini qo‘shib kelmoqdalar. Mazkur transport kompaniyalarning tarkibida 6000 taga yaqin katta hajmli avtotransport vositalari mavjud.

Qolaversa, O‘zbekiston milliy axborot agentligi va “Milliy bank” tomonidan yo‘lovchilarni xalqaro yo‘nalishlarda tashishga ixtisoslashgan “UZAUTOTRANS SERVICE” MCHJ tashkil etildi. Ushbu korxona joriy yilning oxiriga qadar kamida 100 dona ko‘p o‘rinli avtobuslar xarid qilib yangi yo‘nalishlarda tashuvlarni amalga oshirishni boshlaydi. Hozir Toshkent shahridan Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Rossiya Federasiyasining bir qator shaharlariga xalqaro avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yilgan. 

Jumladan, ayni damda Toshkent-Chimkent, Toshkent-Olmaota, Toshkent-Qizilo‘rda, Nukus-Uch Qunir, Toshkent-Bishkek, Toshkent-Xo‘jand, Termiz-Dushanbe, Denov-Dushanbe, Samarqand-Panjikent va Toshkent-Nijniy Novgorod yo‘nalishlari bo‘ylab xalqaro avtobus qatnovlari yo‘lovchilarga sifatli xizmat ko‘rsatib kelmoqda.

Shuningdek, bugungi kunda “Toshkent- Turkiston”, “Nukus- Oqtov”, “Toshkent- Taroz”, “Andijon- O‘sh”, “Toshkent- Issiqko‘l”, “Toshkent – Omsk”, “Toshkent – Ufa – Qozon” va boshqa yo‘nalishlarni ochish bo‘yicha tegishli qatnov hujjatlari ishlab chiqilib, o‘rnatilgan tartibda kelishilmoqda.

Transport xizmatlari sifatini oshirish aholiga zamonaviy xizmat turlarini ko‘rsatishni joriy etish maqsadida 2018 yildagi dasturga muvofiq 12 ta avtostansiyada qurilish ishlari va 7 ta avtostansiyada rekonstruksiya ishlari davom etmoqda. Bugungi kungacha ushbu dasturda ko‘zda tutilgan Yangiyer shahridagi avtostansiyada qurilish ishlari va Navoiy viloyati Karmana shahridagi avtostansiyada rekonstruksiyaishlari yakunlanib foydalanishga topshirildi.

Shu bilan bir qatorda Agentlik tomonidan “Toshkent” avtovokzalini rekonstruksiya qilish ishlari boshlandi va 2019 yilning birinchi choragida foydalanishga topshirish rejalashtirilgan. Shuningdek, “Zomin” avtostansiyasini qurilishi davom ettirilmoqda.

Manba: sof.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!