Tojikistonda koronavirusga chalinganlar soni 5000 mingga yaqinlashdi

Tojikistonda koronavirusga chalinganlar soni 5000 mingga yaqinlashdi

Tojikistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 4834 kishiga yetdi, deb xabar beradi «RIA Novosti». O‘tgan bir sutka davomida yana 71 kishida koronavirus aniqlangan.

Mamlakatda o‘tgan bir sutka ichida 115 kishida shifoxonadan javob berilgan bo‘lib, hozirda Tojikistondagi tibbiyot muassasalarida 887 kishi davolanmoqda.

Mamlakatda hozirga qadar 49 kishi COVID-19 qurboniga aylangan, 3062 bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!