Tojikiston prezidenti fermerlarga hozircha ro‘za tutmaslikni maslahat berdi

Tojikiston prezidenti fermerlarga hozircha ro‘za tutmaslikni maslahat berdi

Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon mahalliy dehqonlarni koronavirus pandemiyasi paytida sog‘lom va sermahsul bo‘lishlari uchun ro‘za tutishni kechiktirishga chaqirdi. Bu haqda bugun, 23 aprel kuni “Qalampir.uz” xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, Rahmon Tojikiston aholisining aksariyat qismini tashkil etadigan musulmonlarga noodatiy murojaat bilan chiqgan. Uning aytishicha, sog‘liqni saqlash va oziq-ovqat xavfsizligi uchun ro‘za tutishni kechiktirish maqsadga muvofiq bo‘ladi.

“Men dalada o‘z salomatligi va oilalarining sog‘lig‘i uchun mehnat qilayotganlarning barchasini  ro‘za tutishni kechiktirishga chaqiraman“, deydi Rahmon.

Tojikistonda koronavirus holatlari haqida xabar berilmagan. Ammo bir qancha cheklovlar qo‘llangan. Jumladan, chegara nazorati kuchaytirilgan, chet elliklar mamlakatga kirishi taqiqlangan. Shuningdek, jamoat joylari va masjidlar yopilgan.

Ma’lumot uchun, Tojikiston bug‘doy kabi ba’zi bir muhim oziq-ovqat mahsulotlarini import qiladi. Pandemiya tufayli yetkazib beruvchilardan biri bo‘lgan Qozog‘iston allaqachon mahsulot eksportini cheklovchi kvotalar joriy etgan. Rossiyada ishlayotgan tojiklar uylariga kamroq pul yuborayotganlari sababli Tojikistonda mahsulotlarni import qilish uchun valyuta yetishmayapti.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!