Ekologlar Bill Geytsning "koronavirusdan ham xavfliroq tabiiy ofat" haqidagi bayonotiga munosabat bildirishdi

Greenpeace (xalqaro mustaqil nodavlat atrof-muhit tashkiloti)ning Rossiyadagi iqlim bo‘limi boshlig‘i Vasiliy Yablokov Microsoft asoschisi Bill Geytsning ekologik ofat oqibatlari koronavirus pandemiyasidan ko‘ra yomonroq bo‘lishi mumkin degan fikrini qo‘llab-quvvatladi.