Ekologlar Bill Geytsning "koronavirusdan ham xavfliroq tabiiy ofat" haqidagi bayonotiga munosabat bildirishdi

Ekologlar Bill Geytsning "koronavirusdan ham xavfliroq tabiiy ofat" haqidagi bayonotiga munosabat bildirishdi

Greenpeace (xalqaro mustaqil nodavlat atrof-muhit tashkiloti)ning Rossiyadagi iqlim bo‘limi boshlig‘i Vasiliy Yablokov Microsoft asoschisi Bill Geytsning ekologik ofat oqibatlari koronavirus pandemiyasidan ko‘ra yomonroq bo‘lishi mumkin degan fikrini qo‘llab-quvvatladi.

Mutaxassis har yili xavfli tabiiy hodisalar soni ko‘payib borayotganini eslatgan holda ularning sezilarli salbiy oqibatlarga olib kelayotganligini qo‘shimcha qildi.

Bundan tashqari, Kreml ham Geytsning so‘zlariga munosabat bildirdi. Davlat rahbarining iqlim masalalari bo‘yicha maslahatchisi Ruslan Edelgeriyev ekologik ofatning oldini olish uchun hozirdanoq maksimal darajada harakat qilish kerakligini ta’kidladi.

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!