So‘x tumanida xonadondan pul va tilla-taqinchoqlarni o‘g‘irlagan ayol aniqlandi

So‘x tumanida xonadondan pul va tilla-taqinchoqlarni o‘g‘irlagan ayol aniqlandi

So‘x tumani. 2022 yilning 05 yanvar kuni Chumoqcha MFY hududida yashovchi fuqaro K.K IIBga murojaat qilib, unda 2021 yilning 29 dekabr kunidan 2022 yilning 04 yanvar kunigacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma’lum shaxs yashash xonadoniga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, xonadonidan turmush o‘rtog‘iga tegishli 200 AQSh dollar, 8.000 Rossiya rubli, 2.000.000 so‘m pullari, narxi 550.000 so‘mlik bir dona tilla uzuk, 700.000 so‘mlik bir juft tilla sirg‘a hamda qiziga tegishli 3.176.000 so‘m pullarini yashirin ravishda o‘g‘irlab ketganini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan So‘x tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni K.G ismli ayol sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!