Surxondaryoda qo‘shnilarni yig‘ib, “Taroveh namozi” hamda iftorlik o‘tkazganlarga jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Surxondaryoda qo‘shnilarni yig‘ib, “Taroveh namozi” hamda iftorlik o‘tkazganlarga jinoiy ish qo‘zg‘atildi

14.05.2020 yilda Surxondaryo viloyati, Sherobod tumanida yashovchi fuqaro B.D. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qarori hamda karantin qoidalariga zid ravishda yashash uyiga qarindosh-urug‘lari va qo‘ni–qo‘shnilarini yig‘ib “Taroveh namozi” hamda ommaviy iftorlik marosimini o‘tkazgan.

Voqea joyiga yetib borgan tuman IIB va mahalla fuqarolar yig‘ini vakillari karantin qoidalarini qo‘pol ravishda buzgani sababli B.D.ga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirmoqchi bo‘lgan vaqtda jami 4 nafar farzand va nabiralari IIB xodimlariga faol qarshilik ko‘rsatgan.

Jumladan, ular tuman IIB XPB profilaktika inspektori va mahalla fuqarolar yig‘ini raisiga tan jarohati yetkazib, qo‘llarida bo‘lgan temir jismlar bilan Ichki ishlar xodimiga tegishli avtomashina old oynalarini urib sindirib, shikast yetkazishgan.

Ushbu holat bo‘yicha voqea joyiga yetib kelgan tuman IIB tezkor tergov guruhi xodimlariga ham faol qarshilik ko‘rsatishib, qo‘llaridagi tayoq va temir jismlar bilan IIB xodimlariga tan jarohati, navbatchilik qismining avtomashinasining oynalarini urib sindirib, shikast yetkazishgan.

Mazkur holat yuzasidan 15.05.2020 yilda Sherobod tuman prokuraturasi tomonidan JKning 219-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!