SSSRga qarshi "urush": kecha 9 yashar qizning kiyimi tortib olindi, 15 yashar qiz esa hibsga olingan (video)

SSSRga qarshi "urush": kecha 9 yashar qizning kiyimi tortib olindi, 15 yashar qiz esa hibsga olingan (video)

Kecha Ukrainada 9 may bayrami vaqtida yosh qizchani yig‘lashga majbur etishdi. Video Feysbuk ka joylandi.

Gap shundaki, polisiya xodimlari 9 yashar qizchaning bosh kiyimini unda SSSR ramzi qizil yulduz bo‘lgani uchun olib qo‘yishgan. Qizcha esa yig‘lab yuborgan.

Guvohlar polisiyachilarning bu ishini sharmandalik va surbetlik deb baholashdi. Guvohlardan beri qizchaning bu ishi mamlakat xavfsizligiga qanday tahdid solishi mumkinligini so‘rab, bu aqlga sig‘maydigan fikr ekanligini aytdi. Xodimlar esa o‘z navbatida mamlakat konstitusiyasi asosida ish ko‘rayotganini ta’kidladi. O‘z navbatida ular shahardagi namoyishlarda ko‘zga tashlangan nasistlar ramzi haqida hech narsa deyishmadi.

Bu birinchi holat emas. Odessada ham shunday voqea yuz bergan. 2 may kuni 15 yashar qiz SSSR ramzi tushirilgan futbolka kiygani uchun hibsga olingan va otasi jarimaga tortilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2015 yildan beri Ukraina SSSR ramzlaridan foydalanish, ko‘chalar ham hatto aholi punktlarini SSSRga aloqador nomlar bilan nomlash, umuman, SSSRga oid narsa va omillardan foydalanish taqiqlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!