Sirdaryoda qo‘shmachilik va odam savdosi bilan shug‘ullangan ayol qo‘lga olindi

Sirdaryoda qo‘shmachilik va odam savdosi bilan shug‘ullangan ayol qo‘lga olindi

Sirdaryo viloyati Shirin shahrida qo‘shmachilik va odam savdosi bilan shug‘ullangan ayolga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi, deya xabar bermoqda viloyat IIB.

Ma’lum qilinishicha, Sirdaryo viloyati IIB TEQKB va Shirin shahar IIB xodimlari tomonidan Shirin shahar hududida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Ushbu tadbir davomida Shirin shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro A.R tomonidan 2020 yilning 9 sentyabr kuni, Boyovut tumanida yashovchi fuqaro Q.H ni majburiy tartibda jinsiy aloqa qilishi uchun tadbirda mijoz sifatida ishtirok etgan Guliston tumanida yashovchi S.SH dan 5 dona 100 000 so‘m kupyuradagi jami 500 000 so‘m miqdordagi pullarni olayotgan vaqtda qo‘lga olingan.

Sirdaryoda qo‘shmachilik va odam savdosi bilan shug‘ullangan ayol qo‘lga olindi

Foto: IIV

Mazkur holat yuzasidan Shirin shahar IIB Tergov guruhi tomonidan fuqaro A.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 135-moddasi 2-qismi «g» bandi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!