Aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

Aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Pop tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda “Qamchiq” dovoni YPX maskanida o‘tkazilgan reyd tadbirida “Vodiy-Toshkent” yo‘nalishida davlat raqamisiz harakatlanib kelayotgan “Jetour” rusumli avtotransport vositasi to‘xtatib ko‘zdan kechirilganda, fuqaro B.S. hech qanday hujjatsiz xorijda ishlab chiqarilgan 3 turdagi umumiy bahosi 220 mln so‘mlik jami 24 450 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini Toshkent shahrida o‘tkazish maqsadida olib ketayotganligi aniqlanib, ushbu tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Departamentining Shahrisabz shahar bo‘limi tomonidan bojxona va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan “Yashil Diyor” MFYda yashovchi SH.X.ning xonadonidan xorijda ishlab chiqarilgan 3 turdagi jami 2 640 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!