Braziliyada suv toshqini sabab 98 ta qishloqda na elektr, na internet aloqasi mavjud

Braziliyada suv toshqini sabab 98 ta qishloqda na elektr, na internet aloqasi mavjud

Braziliyada kuchli yomg‘ir sabab suv toshqini qurbonlari soni 84 kishiga yetdi.

Fuqaro mudofaasi boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, yana 111 kishi bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatida.

O‘tgan hafta mamlakat janubidagi Rio-Grande-du-Sul shtatida katta hajmdagi yomg‘ir yog‘di.

Qidiruv-qutqaruv ishlari 14,5 ming nafar xodim, jumladan, Braziliya qurolli kuchlari ishtirokida olib borilmoqda. 30 ta samolyot va 182 ta qayiq qatnashdi. Hozirgacha ofat hududidan 25 kishi qutqarib olindi.

Toshqinning salbiy oqibatlaridan 840 ming kishi zarar ko‘rdi, 121 ming 957 kishi uyini tashlab ketishga majbur bo‘ldi.

Mahalliy OAV ma’lumotlariga ko‘ra, tabiiy ofat zonasida milliondan ortiq fuqaro asosiy ehtiyojlarga ega bo‘lishda qiyinchiliklarga duch kelmoqda. 98 ta qishloqda na elektr, na internet aloqasi mavjud.

3 may kuni shtat gubernatori Eduardo Leyte 180 kunlik favqulodda holat e’lon qildi.

«Biz juda favqulodda vaziyatni boshdan kechirmoqdamiz. Bu tanqidiy voqea emas, balki shtat tarixidagi eng halokatli voqea», - dedi gubernator.

Tabiiy ofat hududiga ikki marta tashrif buyurgan Braziliya prezidenti Luiz Inasiu Lula da Silva rasmiylar mintaqani qayta tiklashga va’da berdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!