O‘zbekistonda ayni damda kimlar eng ko‘p oylik olmoqda? Miqdori qancha? (FOTO)

O‘zbekistonda ayni damda kimlar eng ko‘p oylik olmoqda? Miqdori qancha? (FOTO)

Statistika agentligi hisob-kitoblariga ko‘ra, 2024 yil yanvar–mart oylarida O‘zbekistondagi nominal hisoblangan o‘rtacha oylik ish haqi 4,9 million so‘mga yetdi. Respublikada 2023 yilning mos davrida bu raqam 4,1 million so‘mni tashkil etgan. Bu haqda Statistika agentligiga tayanib "Daryo" yozmoqda.

O‘zbekistonda ayni damda kimlar eng ko‘p oylik olmoqda? Miqdori qancha? (FOTO)

O‘rtacha oylik ish haqini hisoblashda jami 3 million 91 ming 950 nafar xodim ma’lumotlaridan foydalanilgan. Biroq ko‘rsatkichni shakllantirishda qishloq xo‘jaligi va kichik tadbirkorlik sub’ektlari hisobga olinmagan. Agentlik izohiga ko‘ra, fermer xo‘jaliklari hamda kichik tadbirkorlik sub’ektlari yilda bir marta hisobot taqdim etishi belgilangan. Agar mazkur tarmoqlarda ishlovchi xodimlar o‘rtacha oylik ish haqi ham hisoblansa, umumiy ko‘rsatkich ancha pasayishi mumkin.

Hududlar kesimida eng yuqori miqdordagi o‘rtacha oylik ish haqi Toshkent shahrida qayd etilgan — 8 million 116 ming so‘m. Shu bilan birga, qolgan hududlarga nisbatan yuqori o‘rtacha oylik daromadlar Navoiy (6,5 million so‘m), Toshkent (4,7 million so‘m) hamda Andijon viloyatlarida (4,4 million so‘m) kuzatilgan. Eng kam o‘rtacha oylik ish haqi esa Surxondaryo viloyatida — 3,5 million so‘m.

O‘zbekistonda ayni damda kimlar eng ko‘p oylik olmoqda? Miqdori qancha? (FOTO)

Yanvar–mart oylarida hududlar bo‘yicha o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqining eng yuqori o‘sish sur’atlari Andijon viloyatida (25,2 foiz), Toshkent shahrida (22,3 foiz), Farg‘ona viloyatida (21,5 foiz), Navoiy viloyatida (18,8 foiz) hamda Jizzax viloyatida (18,2 foiz) kuzatildi.

O‘zbekistonda ayni damda kimlar eng ko‘p oylik olmoqda? Miqdori qancha? (FOTO)

Birinchi chorakda iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng baland ko‘rsatkichi — bank, sug‘urta, lizing, kredit va vositachilik faoliyati sohasiga to‘g‘ri kelgan — 13,2 million so‘m. Xususan, soha tarmoqlaridan biri moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish va sug‘urtalash bo‘yicha yordamchi faoliyatda o‘rtacha oylik ish haqi 17,4 million so‘m bo‘lib, qolgan tarmoqlardagiga qaraganda eng yuqori ko‘rsatkichni tashkil etgan.

Shuningdek, axborot va aloqa sohasida o‘rtacha oyliklar 11,7 million so‘mni tashkil etib, uning tarmoqlaridan bo‘lgan kompyuter dasturlashtirish, maslahat berish va boshqa yordamchi xizmatlarda o‘rtacha oylik eng yuqori ko‘rsatkich — 17,7 million so‘mgacha yetgan. O‘z navbatida, tashish va saqlash sohasida o‘rtacha oylik ish haqi 7,3 million so‘m, sanoatda 6,1 million so‘m bo‘lib, o‘rtacha oylik ish haqiga nisbatan yuqori ko‘rsatkichni tashkil etgan.

Ta’lim (3,4 million so‘m), sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish (3,2 million so‘m) sohalari o‘rtacha oylik ish haqi miqdori bo‘yicha doimgidek boshqa sohalarga nisbatan eng quyi pog‘onalarda qayd etilgan. Mazkur sohalardagi o‘rtacha ish haqi respublikadagi umumiy o‘rtacha oylik ish haqidan sezilarli darajada kamligicha qolmoqda.

O‘zbekistonda ayni damda kimlar eng ko‘p oylik olmoqda? Miqdori qancha? (FOTO)

Ta’lim sohasining asosiy tarmoqlari bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi oliy ta’limda (7,9 million so‘m), eng past ko‘rsatkich esa maktabgacha ta’limda (1,8 million so‘m) kuzatilgan.

Ta’lim sohasi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi Toshkent shahri (5,5 million so‘m), Namangan (3,4 million so‘m) va Navoiy viloyatlarida (3,4 million so‘m) qayd etilgan.

Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasining faoliyat turi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi Toshkent shahri (4 million so‘m), Qoraqalpog‘iston Respublikasida (3,6 million so‘m) hamda Xorazm viloyatida (3,5 million so‘m) kuzatilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!