Qozog‘istonlik milliarder Angliya futbol klubini sotib oldi

Qozog‘istonlik milliarder Angliya futbol klubini sotib oldi

Qozog‘istonlik Mixail Lomtadze Buyuk Britaniyadagi “Uikom Uonderers” futbol klubining yangi xo‘jayiniga aylandi, deb yozgan Bi-bi-si.

Ta’kidlanishicha, milliarderning “Blue Ocean Partners Ltd” kompaniyasi jamoaning amerikalik tadbirkor Roba Kuxiga tegishli 90 foiz aksiyasini sotib olgan. Kelishuv qiymati ochiqlanmagan.

“Forbes” nashri e’lon qilgan sayyoramiz boylari ro‘yxatida 48 yoshli Lomtadze 5,7 milliard dollar bilan 581-chi o‘rinni egallagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!