Bolalar milliy tibbiyot markazi hududlar bilan ishlash bo‘yicha direktor o‘rinbosari tayinlandi

Bolalar milliy tibbiyot markazi hududlar bilan ishlash bo‘yicha direktor o‘rinbosari tayinlandi

Tegishli buyruqqa asosan Naim Rustamovich Hamrayev Bolalar milliy tibbiyot markazi hududlar bilan ishlash bo‘yicha direktor o‘rinbosari etib tayinlandi.

N. Hamrayev 2011 yil Toshkent pediatriya tibbiyot institutini tamomlagan.

Turli yillarda Toshkent shahar Tez tibbiy yordam bo‘limi feldsheri, Sog‘liqni saqlash vazirligi yetakchi mutaxasissi, vazirlikning Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi bosh mutaxassisi lavozimlarida ishlagan.

Tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) N. Hamrayev tayinlovga qadar Sog‘liqni saqlash vazirligi Onalik va bolalikni muhofaza qilish boshqarmasining Bolalikni muhofaza qilish bo‘limi boshlig‘i vazifasida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!