Olimjon Nazarov va Abdurasul Ismoilov Toshkentga qaytib keldi

Olimjon Nazarov va Abdurasul Ismoilov Toshkentga qaytib keldi

Biroz avval professional bokschilarimiz Koreya Respublikasi poytaxti Seul shahridan yurtimizga qaytib kelishdi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida bokschilarimizni kutib olish marosimi tashkil etildi. Unda O‘zbekiston professional boks federasiyasi mutasaddilari, "Favzul Munavvar" promouterlik kompaniyasi vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari hamda bokschilarning oila a’zolari ishtirok etishdi.

Eslatib o‘tamiz, Koreyaning Gohyong shahridagi "Paryeong Gymnasium" majmuasida "Cocky Buffalo" promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan ushbu prof boks oqshomida Olimjon Nazarov va Abdurasul Ismoilov ham o‘z janglarini o‘tkazishdi.

Engil vazn toifasidagi Abdurasul Ismoilov (11-2-1)ga filippinlik 26 yoshli Al Toyogon (14-9-3) raqiblik qildi. Sakkiz raundlik jang to‘liq davom etdi va unda hakamlarning qarori bilan durang natija qayd etildi.

O‘ta yengil vazn toifasida WBO Oriental kamari sohibi Olimjon Nazarov (31-5-0) esa tailandlik Saravut Jiamtong (11-5-0) bilan to‘qnash keldi. O‘n ikki raundga mo‘ljallangan jang o‘ta yengil vazn toifasida vakant bo‘lib turgan WBO International kamari uchun kechdi. Jangning uchinchi raundida Nazarov raqibini nokautga uchratib, o‘z kamarlari sonini 2 taga yetkazib oldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!