Bank mobil ilovasiga "ikkinchi foydalanuvchi" sifatida ulanib olgan "soxta operator" qo‘lga olindi

Bank mobil ilovasiga "ikkinchi foydalanuvchi" sifatida ulanib olgan "soxta operator" qo‘lga olindi

Farg‘ona viloyati, Oltiariq tumanida yashovchi N.A. IIOga murojaat qilib, o‘zining bank kartasidagi 9 mln. so‘m pullari noma’lum shaxs tomonidan o‘zlashtirilganligini ma’lum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Farg‘ona viloyati, Farg‘ona tumanida yashovchi 39 yoshli T.M. sodir etganligi aniqlandi.

Gumonlanuvchi sifatida tergov harakatlariga jalb etilgan (ayol) T.M., jabrlanuvchi N.A.ga "SMS" xabarnoma (soxta havola) yuborish orqali shaxsiy ma’lumotlarini qo‘lga kiritib, uning bank mobil ilovasiga ikkinchi foydalanuvchi sifatida ulanib olgan va 9 mln. so‘m pullarni o‘zining foydalanuvida bo‘lgan bank plastik kartasiga o‘tkazib olgan.

Mazkur holat yuzasidan T.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 3-qismi "b" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi "b" bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!