Firibgar ayol "Onlayn qimorda" yutib berishini aytib, fuqaroni "chuv" tushirdi

Firibgar ayol "Onlayn qimorda" yutib berishini aytib, fuqaroni "chuv" tushirdi

Namangan viloyati, Chust tumanida yashovchi 24 yoshli SH.B. ariza bilan murojaat qilib, o‘zining bank kartasidagi 3.000.000 so‘m pullari noma’lum shaxs tomonidan o‘zlashtirilganligini ma’lum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Qashqadaryo viloyati, Qarshi tumanida yashovchi 24 yoshli X.G. sodir etganligi aniqlangan.

Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan X.G., jabrlanuvchi SH.B. bilan telegram messenjeri orqali tanishib, "onlayn qimorni" yaxshi tushunishi va anchadan buyon shug‘ullanishini va pullarini oz fursatlarda ko‘paytirib berishini va’da qilib, aldov yo‘li bilan 3.000.000 so‘m miqdoridagi pul mablag‘larini o‘tkazib olishga erishib, mazkur pullarni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan X.G.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima yoki 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!