Amudaryo ustidan o‘tuvchi qo‘shma ko‘prikda transport harakati vaqtincha to‘xtatiladi

Amudaryo ustidan o‘tuvchi qo‘shma ko‘prikda transport harakati vaqtincha to‘xtatiladi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” Amudaryo ustidan o‘tuvchi qo‘shma ko‘prikda transport harakati vaqtincha to‘xtatilishini e’lon qildi.

Qayd etilishicha, Amudaryo tumanining Qipchoq – Blokpost stansiyalari oralig‘idagi temiryo‘l kesishmasini jihozlash bo‘yicha qo‘shimcha ishlar olib boriladi. Shu munosabat bilan 7 may kuni soat 14:00 dan 9 may soat 14:00 gacha avtotransport vositalari harakati qo‘shma ko‘prikda vaqtincha to‘xtatiladi.

Ushbu davr mobaynida avtotransport vositalari harakati Qipchoq ponton ko‘prigi orqali amalga oshiriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!