Toshkentdan Samarqandga qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yildi

Toshkentdan Samarqandga qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yildi

9 may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan 10, 11, 12 may kunlari «Samarqand — Toshkent — Samarqand» yo‘nalishida «Afrosiyob» elektropoyezdining qo‘shimcha harakati yo‘lga qo‘yildi.

Bu haqda «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ matbuot xizmati xabar berdi.

775-sonli «Samarqand — Toshkent» yo‘nalishi Samarqand 11:11 — Toshkent 13:26

776-sonli «Toshkent — Samarqand» yo‘nalishi Toshkent 13:51 — Samarqand 16:05

Qo‘shimcha ma’lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l chiptaxonalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olish mumkin.

Chiptalarni nafaqat temir yo‘l chiptaxonalaridan, balki elektron tarzda ushbu havola orqali xarid qilishingiz mumkin: eticket.railway.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!