Qozog‘iston shakar eksportini taqiqladi. Bu cheklov qachongacha davom etadi?

Qozog‘iston shakar eksportini taqiqladi. Bu cheklov qachongacha davom etadi?

Qozog‘iston ichki talabni ta’minlash maqsadida uchinchi davlatlarga, shu jumladan, Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqidagi hamkor davlatlarga 2024 yil 31 avgustgacha shakar eksportiga taqiq joriy qilmoqda, deb xabar qildi respublika hukumati matbuot xizmati. Taqiq xalqaro tranzitga ta’sir qilmaydi.

Hozirda omborlardagi shakar zaxiralari qoldig‘i va Qozog‘istonga import hajmi qariyb 256 ming tonnani tashkil etadi, bu mamlakat yillik ehtiyojining yarmini (500-550 ming tonna) tashkil etadi, deya ta’kidladi rasmiylar.

“Omborlardagi shakar va xom qamish zaxiralari 2024 yil 31 avgustga qadar 120 ming tonna miqdoridagi Rossiya shakarini import qilish kvotasi bilan birgalikda 256 ming tonnani tashkil etadi. 2024 yil oxirigacha qayta ishlash uchun 300 ming tonna qamish xomashyosini bojsiz olib kirish kvotasi mavjud”, — dedi qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Erbol Tasjurekov idoralararo komissiya yig‘ilishida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!