Maktab rahbariyati hamda o‘qituvchilarga ustama beriladi

Maktab rahbariyati hamda o‘qituvchilarga ustama beriladi

O‘zbekistonda 2024/2025 o‘quv yilidan sifatli ta’limda ijobiy natijalar ko‘rsatayotgan maktablar rahbariyati va o‘qituvchilariga 40 foizgacha ustama beriladi. Bu haqda Hukumatning joriy yil 6 may kuni imzolangan 263-qarorida gap boradi.

Unga ko‘ra, 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab o‘qitish va bilimni baholashning yangi tartibini samarali joriy etgan, o‘quvchilari ijobiy ko‘rsatkichlarni qayd etgan maktablar rahbariyati va o‘qituvchilariga ustama berish tartibi joriy qilinadi.

Rahbariyati va o‘qituvchilari rag‘batlantirishga tavsiya etilgan umumiy o‘rta ta’lim maktablari ro‘yxati har o‘quv yili yakunida e’lon qilinadi hamda keyingi bir o‘quv yili davomida ushbu maktabning o‘quvchilariga mazkur qarorga muvofiq rahbariyati hamda o‘quvchilarning tarif stavkasiga nisbatan 40 foizgacha ustama beriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!