Rossiyaning rejalari o‘zini oqlamadi — Shols

Rossiyaning rejalari o‘zini oqlamadi — Shols

Olaf Shols bu haqda 6 may kuni Rigada Latviya, Litva va Estoniya bosh vazirlari bilan uchrashuvda aytib o‘tdi.

"Evropani parchalash va NATOni zaiflashtirish o‘rniga, Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi fonida ular birdamligi mustahkamlandi. Germaniya Rossiyaning yadro qurolidan foydalanish ehtimoliga qarshi global birdamlikni ilgari surishda davom etadi. Ushbu urushda yadro qurolidan foydalanish mumkin emasligini baland ovozda e’lon qilish har doim muhim", — deya ta’kidladi kansler.

Bundan tashqari, Shols Yevropa Ittifoqida muzlatilgan Rossiya aktivlaridan tushgan mablag‘larni nafaqat Yevropada, balki butun dunyo bo‘ylab Ukraina uchun qurol sotib olishda foydalanish imkoniyatini ko‘rib chiqishga chaqirdi.

"Bu mablag‘larning qariyb 90 foizini Ukrainaning mudofaa ehtiyojlari uchun ishlatish to‘g‘risida kelishuv mavjud, ammo uni Yevropadan sotib olish majburiyati yo‘q. Chunki hozir eng muhimi, yangi zavod qurilishi emas, balki qurollarni tezda yetkazib berishdir. Bu variant kelishib olinmoqda va gap yiliga milliardlab yevro haqida ketmoqda", — dedi Shols.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!