Polshalik sudya Belarusdan siyosiy boshpana so‘radi va o‘z vataniga qaytishdan bosh tortdi

Polshalik sudya Belarusdan siyosiy boshpana so‘radi va o‘z vataniga qaytishdan bosh tortdi

Sudya Tomash Shmidt Belarusda bo‘lib o‘tayotgan matbuot anjumani vaqtida "Men prezident Lukashenkodan va butun mamlakatdan himoya so‘ramoqchiman", dedi va bir vaqtning o‘zida o‘z lavozimidan voz kechishini ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Polsha siyosati butunlay mustaqil emas. AQSH, Buyuk Britaniya va Germaniyaning ta’siri juda katta va ular mamlakatni Rossiya va Belarus bilan urush sari yetaklamoqda.

Shmidt aytishicha, u o‘zining mustaqil siyosiy pozisiyasi uchun Polshada ta’qib va tahdidlarga uchragan. Agar u vataniga qaytsa, unga turli ayblovlar qo‘yilishi yoki u bilan biror "baxtsiz hodisa" sodir bo‘lishi mumkin.

Polsha tashqi ishlar vaziri Sikorskiy Belarusdan siyosiy boshpana so‘ragan sudya haqidagi ma’lumotdan hayratga tushganini ma’lum qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!