Parij iqlim bitimi bo‘yicha O‘zbekiston majburiyatlari qanaqa?

Parij iqlim bitimi bo‘yicha O‘zbekiston majburiyatlari qanaqa?

Parij iqlim bitimi bo‘yicha O‘zbekiston majburiyatlari:

➖ issiqxona gazlarining yalpi ichki mahsulot birligiga nisbatan solishtirma ajratmalarini 2010 yildagi darajadan 10% foizga qisqartirish;

➖ ikki karra energiya samaradorligi ko‘rsatkichini oshirish va yalpi ichki mahsulot ulushida uglerod sarfni kamaytirish;

➖ qayta tiklanuvchi energiya manbalarini yanada rivojlantirish va ularning ulushini elektr energiyasini ishlab chiqarish umumiy hajmining 25% izidan ko‘prog‘iga yetkazish;

➖ aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini 100% gacha zamonaviy, arzon va ishonchli energiyadan foydalanish imkoniyati bilan ta’minlash;

➖ sanoat korxonalari infratuzilmasini modernizasiyalash, energiya samaradorligi 20% dan kam bo‘lmagan miqdorga oshirish hamda sof va ekologik xavfsiz texnologiyalar va sanoat jarayonlaridan yanada keng foydalanish hisobiga ularning barqarorligini ta’minlash;

➖ energiya samaradorligi va ekologik jihatdan yaxshilangan tavsiflarga ega motor yoqilg‘isi va avtotransport vositalari ishlab chiqarishni hamda ulardan foydalanishni kengaytirish, shuningdek, elektromobil transportni rivojlantirish;

➖ iqtisodiy setkorda "yashil iqtisodiyot" tamoillarini sezilarli darajada oshirish, 1 million gektargacha maydonda tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy etish va ularda yetishtiriladigan ekinlar hosildorligini 20- 40% gacha oshirish.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!