Qozog‘istonlik diplomatning xotini eri uni 10 yildan beri kaltaklab kelayotganini ma’lum qildi

Qozog‘istonlik diplomatning xotini eri uni 10 yildan beri kaltaklab kelayotganini ma’lum qildi

Qozog‘istonlik diplomatning rafiqasi turmush o‘rtog‘i tomonidan muntazam zo‘ravonlik haqida xabar bergan. Bu haqda «#NeMolchi.kz» jamg‘armasi sahifasida yozilgan.

Matnda ta’kidlanishicha, mamlakatning BAAdagi elchixonasi maslahatchisi Saken Mamash o‘z xotinini muntazam kaltaklagan va 5 may kuni ham ayolning singlisiga nisbatan kuch ishlatgan.

"Dina, salom! Men Mamash Karina Gosmanovna, BAAdagi elchixona maslahatchisi Mamash Saken Tashkenbayulining rafiqasiman. Men 10 yil davomida zo‘ravonlikka duchor bo‘lganimni e’lon qilaman. Erimning diplomatik maqomidan mahrum etilishini va menga nisbatan qilgan barcha haqoratlari, jismoniy, jinsiy, hissiy, iqtisodiy, maishiy, oilaviy zo‘ravonlik uchun qamoqqa tashlanishini istayman”, — deya diplomatning rafiqasi so‘zlarini keltirgan manba.

Qozog‘iston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Saken Mamashning zudlik bilan chaqirib olinishini ma’lum qildi.

«Biz bu xodimni zudlik bilan Qozog‘istonga chaqirib olyapmiz. Keyinchalik uning ishi huquq-tartibot idoralari tomonidan ko‘rib chiqiladi. U lavozimidan ozod qilinadi», — dedi departament xodimi Aybek Smadiyarov.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!