Fransiya Rossiyani noto‘g‘ri axborot tarqatayotganlikda aybladi

Fransiya Rossiyani noto‘g‘ri axborot tarqatayotganlikda aybladi

Fransiya Tashqi ishlar vazirligi Rossiya elchisi Aleksey Meshkovni Moskva tomonidan olib borilayotgan dezinformasion kampaniyalar yuzasidan chaqirtirdi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

«Fransiya diplomatik kanallar axborotni manipulyasiya qilish va qo‘rqitish uchun yana suiiste’mol qilinayotganini ta’kidladi», dedi Fransiya tashqi ishlar vazirligi.

Fransiya Tashqi ishlar vazirligi, shuningdek, Rossiya go‘yoki «mas’uliyatni o‘zgartirish, tahdid uchun G‘arb davlatlarini ayblashga urinayotgani»ni aytdi va shuningdek, Moskvani «Evropa davlatlarini kiber hujumlar va gibrid harakatlar orqali beqarorlashtirishda» aybladi.

Vazirlik vakillari Fransiyaning Moskvadagi elchisi Per Levining Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga chaqirilgani sababli bu qaror ham javob chorasi ekanligini qo‘shimcha qilishdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!