Shri-Lankada paranji kiyish taqiqlanadi

Shri-Lankada paranji kiyish taqiqlanadi

Shri-Lanka hukumati paranji kiyishga taqiq qo‘yishni rejalashtirayotganini aytdi. Ularning fikriga ko‘ra, bunday kiyim milliy xavfsizlikka salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu haqda Euronews telekanaliga tayanib, «Korrespondent.net» xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, jamoat xavfsizligi vaziri Sarat Virasekara tegishli hujjatni imzolagan, endi u ko‘rib chiqish uchun hukumatga taqdim etiladi.

«Bolalikda ko‘pchiligimizning musulmon do‘stlarimiz, shuningdek, musulmon qiz do‘stlarimiz bo‘lgan, lekin ular hech qachon paranji taqmagan. Bu ekstremizmning belgisi, u yaqinda paydo bo‘ldi. Shuning uchun biz buni, albatta, taqiqlaymiz», — dedi Virasekara.

Bundan tashqari, vazir hukumatning orol davlati hududidagi mingdan ziyod musulmon maktablarini yopish rejalarini e’lon qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu ta’lim muassasalari Shri-Lankaning ta’lim siyosatiga to‘g‘ri kelmaydi.

Telekanalning ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda islom diniga e’tiqod qiluvchi taxminan ikki million aholi istiqomat qiladi. Oxirgi marta paranjiga taqiq 2019 yilgi 250 dan ortiq inson hayotiga zomin bo‘lgan teraktlardan keyin qo‘yilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!