Shaxmat Rossiyaga O‘zbekistondan kirib kelganmi?

Shaxmat Rossiyaga O‘zbekistondan kirib kelganmi?

Rossiyalik grossmeyster Anatoliy Karpov Rossiyaga shaxmat qayerdan kelgan bo‘lishi mumkinligi haqida Sputnik muxbiriga o‘z fikrini bildirdi.

“O‘zbekiston shaxmat vatani emas, ammo sobiq Qo‘qon xonligi hududida qadimgi shaxmatni topishgan. Topilma shaxmat Rossiyaga Yevropadan emas, balki O‘zbekistondan kelgan deb taxmin qilish asosini bergan”, - dedi Karpov.

Mamlakatning ushbu sport turida erishgan yutuqlariga qaramay, O‘zbekiston shaxmat o‘ylab topilgan mamlakat roliga da’vogar bo‘la olmaydi, deb ta’kidladi Anatoliy Karpov.

Ekspert fikriga ko‘ra, 90 yillarda O‘rta Osiyo mintaqasi bo‘yicha qozoqlar va qirg‘izlar yetakchilik qilishgan bo‘lsa, bugungi kunda O‘zbekiston ulkan muvaffaqiyatlarga erishib, hurmatli shaxmat davlatlari qatoriga kirgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!