Shavkat Mirziyoyev bu hafta yana videoselektor o‘tkazadi

Shavkat Mirziyoyev bu hafta yana videoselektor o‘tkazadi

Prezidentning bu hafta uchun rejalashtirgan tadbirlari haqida davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov axborot berdi.

⭕️ Bugun Toshkent shahrida amalga oshiriladigan yangi loyihalar taqdimoti bo‘lib o‘tadi.
⭕️ Ertaga davlatimiz rahbari kon-metallurgiya sanoati rivoji bilan tanishadi.
⭕️ Hafta mobaynida ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish yuzasidan yig‘ilish;
⭕️ Hududlar va tarmoqlarda iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash bo‘yicha videoselektor o‘tkazilishi mo‘ljallangan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti avgust oyining boshiga mo‘ljallangan va takliflar 31 iyulgacha qabul qilinadi.

Sherzod Asadov tadbirkorlarni takliflar berishga, jurnalistlarni ushbu jarayonni yoritishda faol ishtirok etishga chaqirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!