Samarqandda kanalga tushib ketgan «Jiguli» olib chiqildi. Uning haydovchisi qidirilmoqda

Samarqandda kanalga tushib ketgan «Jiguli» olib chiqildi. Uning haydovchisi qidirilmoqda

Samarqandda Eski Anhor kanaliga tushib ketgan «Jiguli» viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruvchilari tomonidan qirg‘oqqa olib chiqildi.

FVV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, voqea 15 avgust, shanba kuni soat 13:00 atrofida Samarqand viloyati Nurobod tumani Jom qishlog‘ida yuz bergan. Mashina boshqaruvni yo‘qotish oqibatida kanalga tushib ketgan. Avtomobil chiqarib olinganda, uning haydovchisi salondan topilmagan.

Hozirda g‘avvos-qutqaruvchilar tomonidan avtomobil haydovchisini suv ostida qidiruv ishlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!