Rux (sink) qanday mineral?

Rux (sink) qanday mineral?

Rux mikroelementi organizmdagi metall hisoblanadi. Demak, organizmgayam metall kerak ekan. 

🔺Organizmni baquvvat qilib ushlab turadigan narsa bizning gormonal holatimizdir. Bunda ruxning o‘rni nihoyatda muhim. Masalan, organizmda testosteron gormoni ishlab chiqarilishida rux faol ishtirok etadi. 

🔺Spermatozoidlar ishlab chiqarilishida ruxning ahamiyati katta. Gormonlarning yetishmasligi jiddiy salbiy o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi.

🔺Masalan, ayollarda gormonal buzilishlarni kayfiyat tez-tez o‘zgarishida ko‘rish mumkin. Erkaklarda esa disgormonal prostatapiya kasalligi yuzaga kelishida rux yetishmovchiligi yuzaga keladi.

🔺Rux insulin ishlab chiqarilishida qatnashadi. Bugungi kunda qandli diabet bilan kasallanganlarda ushbu mikroelement yetishmaydi. 

🔺Somatotropin gormoni bu o‘sish gormoni bo‘lib, rux mikroelementi organizmda ushbu gormon ishlab chiqarilishiga yordam beradi. 

🔺Rux tanani tashqi tarafdan keladigan salbiy radial nurlardan ham himoyalaydi.  

 Baxtiniso Azimboyeva, shifokor-valeolog


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!