Rossiyada ko‘chalarda valyuta kurslarini ko‘rsatuvchi tablolar taqiqlanadi

Rossiyada ko‘chalarda valyuta kurslarini ko‘rsatuvchi tablolar taqiqlanadi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin valyutani tartibga solish va nazorat qilish qoidalariga tuzatmalar kirituvchi qonunni imzoladi.

Qabul qilingan tuzatmalar banklarga ko‘chadagi tablolarda vayuta kurslari haqidagi axborotni joylashtirishni taqiqlaydi.

Avvalroq Rossiya markaziy banki valyuta kurslarini ko‘rsatuvchi elektron tablolar va boshqa qurilmalarni banklardan tashqarida joylashtirishni taqiqlashni taklif qilgandi.

Markaziy bankda ta’kidlanishicha, bunday tablolarni odatda noma’lum jismoniy shaxslarga tegishli noqonuniy valyuta ayirboshlash punktlari o‘rnatadi. Yangi chora noqonuniy valyuta ayirboshlash punktlariga qarshi kurashishda ko‘mak berishga chorlangan.

Shu bilan birga banklarning valyuta kurslari haqida ommaviy axborot vositalari va mobil dasturlar orqali xabardor qilish huquqi saqlanib qoladi.

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!