Rossiyada koronavirusga chalinayotganlarning soni nega oshayotgani ma’lum bo‘ldi

Rossiyada koronavirusga chalinayotganlarning soni nega oshayotgani ma’lum bo‘ldi

O‘tgan kun davomida Moskvada 900 dan ortiq odam koronavirus yuqtirdi.

Koronavirus infeksiyasi ko‘payishining sabablari epidemiyaga qarshi choralarning yetarli darajada bajarilmasligi va odamlar o‘rtasidagi aloqaning kuchayishidir. Bu haqda virusolog Anatoliy Altshteyn ma’lum qildi.

"Kasallikni aniqlash tizimi ham yaxshilanishi mumkin", – dedi u.

Alshteynning ta’kidlashicha, sovuq tushishi ham virus ko‘payishiga sabab bo‘ladi, chunki u infeksiya uchun qulaydir.

"Buni ikkinchi to‘lqin deb hisoblash yoki o‘ylamaslik juda muhim emas, kasallanish qanday davom etishi va unga qarshi choralar ko‘rish muhim", dedi virusolog.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!