Rossiyada COVID-19 bo‘yicha so‘nggi uch oydagi eng yuqori ko‘rsatkich qayd etildi

A A A
Rossiyada COVID-19 bo‘yicha so‘nggi uch oydagi eng yuqori ko‘rsatkich qayd etildi

Rossiyada so‘nggi sutkada 7212  kishida koronavirus aniqlandi, deb xabar bermoqda Koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha tezkor shtab. Bu 28 iyundan buyon kuzatilgan eng yuqori ko‘rsatkich. Shu kuni 7658 kishida koronavirus aniqlangan.

Rossiyada kasallanishlar soni ortib bormoqda. 23 sentyabr kuni 6431 kishida, 24 sentyabrda esa 6595 kishida COVID-19’ qayd etilgandi.

So‘nggi sutkada eng ko‘p kasallanish holati Moskva shahrida qayd etilgan — 1560 kishi. Bu bir kun avvalgi ko‘rsatkichdan 510 nafarga ko‘p. Moskva hukumati keksalarni uyda qolishga, ish beruvchilarni esa xodimlarini masofadan ishlashga o‘tkazishga chaqirgan. Shuningdek, Sankt-Peterburg (224), Moskva (208 kishi) va Rostov (187) viloyatlari ham kasallik tarqalishi bo‘yicha yetakchilik qilmoqda. Shu vaqt davomida mamlakatda 108 kishi COVID-19’dan vafot etgan, 4317 nafari sog‘aygan.

Rossiyada koronavirus qayd etilganlarning umumiy soni 1 136 048 nafarga yetdi. Butun pandemiya davomida bemorlarning 20 058 nafari COVID-19 qurboni bo‘lgan, 934 146 nafari sog‘aygan.

Mamlakatda koronavirusni aniqlash bo‘yicha so‘nggi sutkada 374 mingta,  umumiy hisobda esa 44,3 millionta test o‘tkazilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!