Rossiyada butun boshli shifoxona koronavirusga chalingan bo‘lishi mumkin

Rossiyada butun boshli shifoxona koronavirusga chalingan bo‘lishi mumkin

6 aprel kuni karantindan o‘tgan Ufa shahridagi Respublika klinik shifoxonasi shifokorlari va 170 nafar bemorda koronavirusga chalinganlikda shubhalanmoqda. Bu haqda jurnalistlarga Boshqirdiston Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbari Maksim Zabelin ma’lum qildi.

"Bemor va shifokorlarning aksariyati koronavirusga chalingan bo‘lishi mumkin. Bizda 170 ta natija mavjud va ular qayta tekshirilishi hamda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va inson farovonligini nazorat qilish bo‘yicha Federal xizmatga ob’ektiv baho bilan yuborilishi kerak", — deya ta’kidladi Zabelin.

Uning so‘zlariga ko‘ra, shifoxonada koronavirus infeksiyasini tashxislashning boshlang‘ich bosqichi to‘liq yakunlandi. Virusli pnevmoniya va o‘tkir respirator virusli infeksiyalar belgilari bo‘lgan bemorlar boshqa tibbiy muassasalarga o‘tkazildi. Salbiy testlari bo‘lgan bemorlar 14 kun davomida yashash joyida xavfsiz holatga keltirilib, tibbiy nazorat ostida bo‘lishadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!