Rossiya Ukrainaning o‘limini kutmoqda — vazir

Rossiya Ukrainaning o‘limini kutmoqda — vazir

Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba Rossiya davlat sifatida Ukrainaning "o‘limi"ni kutmoqda, deb hisoblaydi, ammo u buni kutmaslik kerakligini aytdi.

"Rossiya uzoq vaqt davomida qanday o‘ynashni biladi... U har doim nimanidir kutadi. Jahon miqyosida Rossiya davlat sifatida Ukrainaning o‘limini kutmoqdalar. Biz bu yerda mutlaqo ochiq bo‘lishimiz kerak. Va bu maqsad yo‘lida ular doimo nimanidir kutishmoqda. Ukraina, keyin boshqa mamlakatda hokimiyat o‘zgarishi yoki qandaydir iqtisodiy inqiroz. Bu haqiqatan ham ularning strategiyasi. Ammo javobimiz shunday, o‘limimizni kutib o‘tirmang", — dedi Kuleba.

Unga ko‘ra, Ukraina G‘arb dunyosida Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi bilan juda kuchli va chuqur aloqalarga ega mamlakat sifatida rivojlanadi. "Huquqiy, siyosiy jihatdan biz G‘arb dunyosiga tegishlimiz. Rossiya buni qabul qilishi lozim, shunda o‘ziga oson bo‘ladi. Biz Ukraina uchun maqbul sharoitda tinchlikka erishamiz", — dedi vazir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!