Ravshan Ermatov nega JChda boshqa ishlamasligi sababi ma’lum bo‘ldi

Ravshan Ermatov nega JChda boshqa ishlamasligi sababi ma’lum bo‘ldi

FIFA jahon chempionatining qolgan o‘yinlarini boshqarib boruvchi 17ta hakamlar guruhini e’lon qildi. Afsuski, ular orasida Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlarimiz yo‘q. Buning sababini taniqli futbol mutaxassisi Alisher Nikimbayev o‘zining telegramdagi kanali orqali ma’lum qildi. 

"Hozir hammani bir savol qiynamoqda. Nima uchun FIFA Ravshan Ermatovni qolgan o‘yinlarni boshqaradigan hakamlar ro‘yxatiga qo‘shmadi? 

Ma’lum bo‘lishicha, Ravshanning yordamchilaridan biri Abduhamidullo Rasulovda jarohat mavjud bo‘lib, u mazkur jarohat bilan Rossiyaga yo‘l olgan. Ikkinchi o‘yindan keyin ushbu jarohat o‘z ta’sirini ko‘rsata boshlagan. O‘sha kundan beri Abduhamidullo hattoki mashg‘ulotlarda ishtirok etmayapti. FIFA Hakamlar qo‘mitasi laynsmenning tuzalishini kutgan. Ammo, ming afsuslar bo‘lsinki, u sog‘ayishga ulgurmadi. 

Aynan yordamchisining jarohati tufayli Ermatov uchun JCH-2018 biroz erta yakunlandi. Shunga qaramay, Ravshan va uning yordamchilari musobaqa oxiriga qadar Moskvada qolishadi. Bu esa FIFAning hakamlarimizga nisbatan yuksak ishonchidan dalolat beradi", — deya ma’lumot berdi Nikimbayev.

Eslatib o‘tamiz, Ravshan Ermatov Jahon chempionatlarining final bosqichida jami 11ta o‘yinni boshqarib, bu borada mutlaq rekordchi hisoblanadi. 41 yoshli o‘zbekistonlik hakam Qatarda o‘tadigan JCH-2022da ham ishtirok etishni ko‘zlamoqda.

Manba: stadion.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!