Rasman! Erling Xoland - "Manchester Siti" futbolchisi

Rasman! Erling Xoland - "Manchester Siti" futbolchisi

Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Erling Xoland "Manchester Siti"ga o‘tdi.

Norvegiya terma jamoasining 21 yoshli hujumchisi faoliyatini Pep Gvardiola jamoasida davom ettiradi.

Xabar qilinishicha, "shaharliklar" Dortmundning "Borussiya"siga hujumchi uchun tovon puli - 75 million yevro to‘laydi. Erling esa Angliyada haftasiga 350 ming funt va bonuslar oladi.

Eslatib o‘tamiz, Xoland 2020 yilning yanvarida Dortmundning "Borussiya"siga o‘tgan edi. Ikki yarim mavsumda u nemis klubi safida 88 uchrashuvda 85 ta gol urdi va 23 ta samarali uzatma berdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!