Rahbar o‘rinbosari xodimni ishdan bo‘shatishi mumkinmi?

Rahbar o‘rinbosari xodimni ishdan bo‘shatishi mumkinmi?

– Yaqinda yig‘ilish paytida boshliq o‘rinbosari tashkilotimiz buxgalteridan ariza olib, uni ishdan bo‘shatdi. Tashkilot rahbari o‘rinbosari xodimni ishdan bo‘shatishga haqqi bormi?

L.Hamidova

– Mehnat kodeksining 107-moddasiga ko‘ra, mehnat shartnomasini bekor qilish ishga qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar tomonidan amalga oshirilishi va buyruq bilan rasmiylashtirilishi belgilangan.

Shuningdek, kodeksning 15-moddasi 1-bandiga muvofiq, korxonalar, shu jumladan, ularning alohida tarkibiy bo‘linmalari o‘z rahbarlari timsolida ish beruvchi hisoblanadi.
Yuqoridagi asoslarga asosan, korxona rahbarlari ish beruvchi hisoblanadi va korxonalarning birinchi rahbarlari ishga qabul qilish huquqiga ega hisoblanadi, Mehnat kodeksining 107-moddasiga ko‘ra, faqat ishga qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan shaxslargina, xodimni bo‘shata olishi mumkin.

Shunday ekan, xodimni rahbar o‘rinbosari tomonidan ishdan bo‘shatilishi qonuniy emas.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!