Qo‘shnisini tunagan o‘g‘ri

Qo‘shnisini tunagan o‘g‘ri

Bo‘yni mehnatga yaramayotgan 23 yoshli Navro‘z Doniyorov (ism shariflar shartli) o‘zgani mulkini qo‘lga kiritish maqsadida, jinoyat sodir etish yo‘liga kirib, 2022 yil 11 mart kuni soat taxminan 15:30 larda qasddan jinoyat sodir etish yo‘liga o‘tib, o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, Buxoro shahridagi Moxi-xossa MFYda joylashgan qo‘shnisi Sumanbar Arabovaning yashash uyiga uy devori orqali oshib tushish yo‘li bilan g‘ayriqonuniy ravishda kirib, S.Arabovaga tegishli 12.500.000 teng bir dona ayollar tilla zanjirini kloni bilan birgalikda va besh dona ayollar tilla uzuklarini yashirin ravishda talon-toroj qilgan.

"Mikro kreditni yopish uchun qo‘shnimni tunaganimdan afsusdaman"

Sud majlisida sudlanuvchi Navro‘z Doniyorov aybiga to‘liq iqror bo‘lib, dastlabki tergovda bergan ko‘rsatuvini tasdiqladi.

Jabrlanuvchi S.Arabova uning qo‘shnim bo‘ladi. O‘zim 2021 yil taxminan avgust oylarida “Turonbank”dan 15.000.000 so‘m miqdorida mikro kredit olganligim bois har kun bank xodimlari kreditni to‘lashim uchun kelavergach qo‘shnimni uyiga o‘g‘rilikka kirish fikri paydo bo‘ldi. 2022 yil 11 mart kuni soat 15:30 larda ushbu uydagi barcha oila a’zolar uydan chiqib ketganligini bilganimdan so‘ng uyda hech kim yo‘qligidan foydalanib, ushbu uyning devoridan oshib, uy hovlisiga kirdim. Mehmonxonasidagi shkaf ichini titib, u yerda 6 xil turdagi ayollar tilla taqinchoqlari, ya’ni 1 dona ayollar tilla zanjiri kloni bilan birgalikda va 5 dona turli xildagi ayollar tilla uzuklarini olib, tilla taqinchoqlarini sotish maqsadida Buxoro shahridagi “Korzinka-2” savdo majmuasida joylashan tilla taqinchoqlar sotuvchi savdo do‘konlari tomonga bordim. Menga notanish bo‘lgan erkak kishiga sotib yubordim. Hozirda yetkazilgan zararlarni to‘liq qoplab berganligini, jabrlanuvchini unga nisbatan da’vosi yo‘qligini, qilmishidan pushaymonligini, qaytib bunday holat takrorlanmaydi... pulga muxtoj bo‘lganligi bois shu yo‘lga kirib qoldim...

Xuddi shu ko‘rsatuvlari bilan sudda pushaymon va iqror bo‘lgan sudlanuvchi ortiq gapirishga botina olmadi chog‘i.

Sud majlisi jarayonida jabrlanuvchi va guvohning ko‘rsatuvlarini ham tinglandi.

Sud muhokamasidagi ko‘rsatuvlar va dalillarni huquqiy baholash asoslari

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006 yil 3 fevraldagi 1-sonli qarorining 1-bandida “Sudlarning e’tibori jinoyat uchun jazo tayinlashda qonuniylik, insonparvarlik, odillik va javobgarlikning muqarrarligi prinsiplariga qat’iy amal qilishga qaratilsin.” deb, 3-bandida “Jinoyat kodeksining 8, 54-moddalari mazmuniga ko‘ra, jazo adolatli bo‘lishi - har bir holatda individual tayinlanishi, jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasiga, aybdorning shaxsiga, shuningdek, jazoni yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi holatlarga muvofiq bo‘lishi kerak.”

Mazkur Qaror 4-bandida “Qonun tayinlanadigan jazo turi va me’yorini aybdorning shaxsini tavsiflovchi ob’ektiv va ijtimoiy omillar bilan bog‘liq qilib qo‘yganligi tufayli sudlar jinoyat ishlarini ko‘rib chiqish paytida mazkur holatlarni aniqlashlari shart.” deb, 5-bandida “Sudlar ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan, shuningdek uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilgan va jamiyatdan ajratmagan holda axloqan tuzatilishi mumkin bo‘lgan shaxslarga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar tayinlash uchun qonunda mavjud barcha imkoniyatlardan to‘liq foydalanishlari kerak.” deb ko‘rsatilgan.

Sud, sudlanuvchi Navro‘z Doniyorovga jazo turi va miqdorini belgilashda, shaxsini, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymonligi, jabrlanuvchiga yetkazilgan zararni qoplanganligini, yashash joyidan ijobiy tavsiflanganligi, yoshligini inobatga oldi.

Jinoyat ishi hujjatlarini o‘rganib chiqib, ishda mavjud bo‘lgan dalillarga baho berib, sudlanuvchi Navro‘z Doniyorovni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 169-moddasi 2-qismining “g” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topib, qonun sanksiyasida ko‘rsatilgan jazoni tayinladi.

Saidjon Badriddinov,

jinoyat ishlari bo‘yicha

Buxoro shahar sudining sudyasi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!