Qo‘qondagi dizel omborida yong‘in chiqdi

Qo‘qondagi dizel omborida yong‘in chiqdi

Holat bugun, 2 iyul kuni soat 17:05 da Qo‘qon shahridagi dizel yonilg‘isini saqlash omborida yuz bergan. Unda 2 ta 5 tonnalik dizel yoqilg‘i saqlash sig‘imida bo‘lgan 4000 litr dizel yonilg‘isi yongan.

FVB xodimlari yong‘inga 17:15 yetib borgan. Olov 17:40 da o‘rab olinib, 17:45da o‘chirilgan. Yong‘indan 20 tonna dizel yonilg‘isi hamda atrofdagi binolar saqlab qolingan.

Hozirda yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda. Hodisa oqibatida jabrlanganlar va halok bo‘lganlar yo‘q.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!