Isroil 30 yil ichida Falastin hududining eng katta qismini o‘g‘irladi

Isroil 30 yil ichida Falastin hududining eng katta qismini o‘g‘irladi

Isroil rasmiylari bosib olingan G‘arbiy Sohildagi 1270 gektar maydonni yahudiy davlatiga tegishli yerlar deb e’lon qildi. Bu haqda aholi punktlari faoliyatini kuzatuvchi Shalom Axshav inson huquqlari tashkiloti tarqatdi, deb yozadi «TASS». Qayd etilishicha, bu so‘nggi 30 yil ichida Tel-Aviv tomonidan bir vaqtning o‘zida davlat hududi sifatida e’lon qilingan eng yirik zonadir.

G‘arbiy Sohildagi 1270 gektar yerni e’lon qilish to‘g‘risidagi qaror Isroil hukumati tomonidan 25 iyun kuni qabul qilingan, biroq bu haqda faqat 3 iyul kuni rasman e’lon qilingan edi.

Avvalroq Shalom Ahshav G‘arbiy Sohildagi Isroil fuqarolik ma’muriyatining rejalashtirish kengashi 3 va 4 iyul kunlari yig‘ilib, yahudiy aholi punktlarida 6 mingga yaqin uy-joy qurish rejalarini tasdiqlashi haqida xabar bergan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!