ISPA Eronda o‘tkazilgan prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichi bo‘yicha so‘rov natijalarini taqdim etdi

ISPA Eronda o‘tkazilgan prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichi bo‘yicha so‘rov natijalarini taqdim etdi

Eronda o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rov natijalariga ko‘ra, prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichida islohotchi nomzod Masud Pezeshkian 49,5 foiz ovoz bilan yetakchilik qilmoqda, saylovchilarning 43,9 foizi esa konservativ nomzod Said Jalilini afzal ko‘rgan.

Eron Talabalar So‘rovi Agentligi (ISPA) 3 iyul kuni mamlakat bo‘ylab prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichi bo‘yicha o‘tkazilgan so‘rov natijalarini taqdim etdi.

31 viloyatda 18 yoshdan oshgan 3606 kishi ishtirok etgan so‘rovda, ovoz berishini aytgan yoki qatnashmoqchi bo‘lgan saylovchilarga «Agar hozir prezidentlik saylovi o‘tkazilsa, siz Pezeshkian bilan kimga ovoz bergan bo‘lardingiz?» deb so‘ralgan”.

So‘rovda qatnashganlarning 49,5 foizi islohotchi nomzod Pezeshkianga, 43,9 foizi esa Milliy xavfsizlik Oliy kengashining sobiq bosh kotibi, konservativ nomzod Jaliliga ovoz berishini aytgan.

Ishtirokchilarning 4,8 foizi ovoz berishini aytdi, lekin hali qaror qilmagan, 1,8 foizi «hammaga qarshi» ovoz berishini aytdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!