Turkiya uzoq yillardan beri turli mamlakatlardan millionlab qochqinlarni qabul qilmoqda

Turkiya uzoq yillardan beri turli mamlakatlardan millionlab qochqinlarni qabul qilmoqda

«Biz mojarolar qurboni bo‘lgan va hatto o‘z hukumatlarining nishoniga aylangan odamlarning qadr-qimmati va erkinligiga ishongan holda, insonparvarlik yondashuvini talab qilishda davom etamiz», dedi Turkiya prezidenti ma’muriyatining aloqalar bo‘yicha direktori Fahrettin Altun.

Ijtimoiy tarmoqdagi ingliz tilidagi postida Altun Turkiya uzoq yillardan beri turli mamlakatlardan millionlab qochqinlarni qabul qilib kelganini eslatdi.

Uning ta’kidlashicha, Turkiya millionlab odamlarning ko‘chirilishiga sabab bo‘lgan mintaqaviy mojarolarga insonparvarlik nuqtai nazaridan qarab, mas’uliyat hissi bilan harakat qiladi.

«Biz gumanitar yondashuvni talab qilishda davom etamiz va mojarolar qurboni va hatto o‘z hukumatlari nishoniga aylangan odamlarning qadr-qimmati va erkinligiga ishonamiz», deb yozadi u.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!